AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar Navro`z bayramida necha kun dam oladi?

'O`zbekistonliklar Navro`z bayramida necha kun dam oladi?'ning rasmi

O`zbekistonda Navro`z bayrami munosabati bilan besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 4 kun dam oladi. 

Bu Prezidentning “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi farmonida nazarda tutilgan.

Unga ko`ra, Navro`z umumxalq bayrami munosabati bilan:

•  besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22 mart kunlari);

•  olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 4 kun (19-22 mart kunlari) ketma-ket dam oladi.

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha ko`chiriladi:

•11 mart – shanba kunidan 20 mart – dushanba kuniga;

• 25 mart – shanba kunidan 22 mart – chorshanba kuniga.

Shuning hisobiga besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 11 va 25 mart kunlari ishga chiqishlariga to`g`ri keladi.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 20 mart – dushanba va 22 mart – chorshanba kunlari qo`shimcha dam olish kunlari bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar