Rossiya yana millionga yaqin harbiy xizmatchini safarbarlikka chaqirishi mumkin. Bu haqda Germaniya razvedkasi taxmin qilmoqda, deya yozmoqda zamon.uz
“Rossiyaning navbatdagi safarbarlik potensiali — Kreml buni ma`qul deb topsa, yana millionga yaqin zaxiradagi harbiylar chaqirilishi mumkin”, – degan Germaniya federal razvedka xizmati rahbari Bruno Kal.
Uning so`zlariga ko`ra, urush ko`p jihatdan Moskva, Kiev va G`arb o`ylaganchalik bo`lib chiqmadi. Masalan, Rossiya kam sonli qo`shinlar va aniq zarbalar bilan Ukraina ustidan nazorat o`rnatishni maqsad qilgandi. Ammo buning imkoni bo`lmadi va Kievga vaziyat jihatdan ustunlik berdi.
Kalning qo`shimcha qilishicha, rus armiyasi keyinchalik son jihatdan ustunligini ko`rsata oldi.






