AsosiyJamiyat

Toshkentda quruvchilar ommaviy janjallashdi

'Toshkentda quruvchilar ommaviy janjallashdi'ning rasmi

Joriy yilning 20 fevral kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 30 dan ortiq yigit o`rtasida ommaviy janjal yuz berdi.

Qayd etilishicha,  yigitlarning barchasi hududdagi qurilish kompaniyasi ishchisi bo`lgan. Jizzaxdan Toshkentga kelib ishlayotgan yigitlar o`rtasidagi janjal o`zaro kelishmovchilik sababli kelib chiqqan.

Voqea joyiga tuman profilaktika inspektori etib kelgan. Lekin yigitlar unga faol qarshilik ko`rsatgan. Voqea oqibatida hech kimga jiddiy tan jarohati etkazilmagan. Hozirda 28 nafar yigit qo`lga olingan bo`lib, janjalning qolgan ishtirokchilariga nisbatan tezkor surishturuv ishlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumani sudi hukmiga ko`ra, 2 nafar huquqbuzar Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismi hamda 195-moddasi bilan aybli deb topilib, 15 sutkadan ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan. Qolgan huquqbuzarlarga esa 10 sutkadan qamoq jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar