Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 10 fevral kuni er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar berildi.
Ma`lum qilinishicha, er-xotin 9 fevral kuni tunda yuvinish xonasiga kirib ketib, tonggi 8:00gacha u erdan chiqmagan. Bundan xavotirga tushgan ikki nafar o`g`il xabar olish maqsadida borganda ularni o`lik holda topgan.
Tuman hokimi yordamchisi Diyor Po`latovning aytishicha, hodisaga dudburondan chiqqan is gazi sabab bo`lgan. «Oilada ikki nafar farzand bor edi. Uy-joyim deydigan er-xotin edi. Shunday baxtsiz hodisa sodir bo`lib, vafot etishdi», — deydi ularning qo`shnisi.
«Tekshirib ko`rganimizda, hammomda o`rnatilgan pech noqonuniy bo`lib chiqdi. Hozirgi kunda is gazidan zaharlangani aniq emas. Viloyat prokuraturasi tekshiruv ishlari olib bormoqda», — deya ma`lum qildi tuman gaz ta`minoti korxonasi rahbari o`rinbosari Hamza Shodiev.






