Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga yo`llagan murojaatida Ukraina bilan yanada kattaroq urushga tayyorgarlik ko`rayotganini ochiq aytdi. Bu haqda NATO bosh kotibi Ens Stoltenberg ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
“Bir yil o`tib biz prezident Putin tinchlikka tayyorlanayotgani haqida hech qanday alomat ko`rmayapmiz. Aksincha, bugun u bundan ham kattaroq urushga tayyorlanayotganini yaqqol ko`rsatdi. Rossiya yangi hujumlarni boshladi, qo`shimcha qo`shinlarni safarbar qilmoqda va Shimoliy Koreya va Eron bilan aloqada”, — dedi Stoltenberg.
Uning so`zlariga ko`ra, agressiv urush boshlanishiga faqat Putin aybdor.
Stoltenberg alyans Kievni qancha vaqt kerak bo`lsa, qo`llab-quvvatlashda davom etishiga ishontirgan.






