AsosiyJamiyat

"O`zbekistonga yordam berish uchun bor resurslarimni yo`naltiraman" — Alisher Usmonov

'"O`zbekistonga yordam berish uchun bor resurslarimni yo`naltiraman" — Alisher Usmonov'ning rasmi

Milliarder va Forbes ro`yxatida 112-o`rinda turuvchi Alisher Usmonov Italiyaning Tgcom24 nashriga bergan intervyusida o`z sa`y-harakatlari va mablag`larini O`zbekistonga yo`naltirishini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda Usmonov Toshkentda yashayapti. Taxminlarga ko`ra, u urush boshlanganidan va Evropa Ittifoqi tomonidan sanksiyalarga uchragandan keyin mamlakatga kelgan.

Alisher Usmonov intervyu davomida O`zbekistondagi uchta turli davr guvohi bo`lganini aytgan. Birinchisi Sovet Ittifoqi davri, ikkinchisi — respublika 1991 yilda mustaqillikka erishganida, uchinchisi esa hozirgi — 2016 yildan boshlangan.

«Men bor resurs va sa`y-harakatlarimni O`zbekistonga yordam berish hamda mamlakat uchun foyda keltirishga yo`naltiraman. Bu mening eng katta maqsadim, buning uchun biznes boshqaruvidan va hatto ko`plab loyihalarim aksiyadori bo`lishdan voz kechdim», — deydi Usmonov.

Usmonov o`zining oligarx ekanini bir necha bor rad etgan bo`lib, boyligini ochiq bozorda biznes yuritish ortidan to`plaganini ta`kidlab keladi.

«Men hukumatdan hech qachon sovg`a olmaganman. Xoldingimizda qilgan baracha ishlarimiz bozor sharoitida amalga oshirilgan», — deya qo`shimcha qiladi biznesmen.

    Boshqa yangiliklar