Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Qiziltepa tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan.
Unda fuqaro Q.R. «D.» ismli ayolning sha`ni va qadr-qimmatiga putur etkazuvchi video tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo`rqitib, evaziga undan 8 mln so`m talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga tegishliligi bo`yicha yuborilgan.






