Bugun, 21 fevral kuni Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida rasmiy tashrif bilan Misr Arab Respublikasida bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni tantanali kutib olish marosimi bo`lib o`tdi.
Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi davlatimiz rahbarini samimiy qarshi olib, maxsus shohsupaga taklif etdi.
Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat milliy madhiyalari yangradi.
So`ng davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o`tib, rasmiy delegasiyalar a`zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushishdan so`ng ikki tomonlama oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.






