Bugun, 21 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga asosan Suriyaning zilziladan jabr ko`rgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi.
Qariyb 50 tonnaga yaqin yuborilayotgan insonparvarlik yordami yuki ro`yxatiga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, chidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar bo`tqasi, odyol va yostiqlar, gigienik vositalar to`plami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.






