AsosiyDunyo

"Hech qachon fuqarolarimizni og`ir kunlarida va hayotlarini yangidan tiklashdagi urinishlarida yolg`iz qoldirmaymiz" - Turkiya prezidenti

'"Hech qachon fuqarolarimizni og`ir kunlarida va hayotlarini yangidan tiklashdagi urinishlarida yolg`iz qoldirmaymiz" - Turkiya prezidenti'ning rasmi

Zilzila hududidagi jami 1 million 684 ming fuqaroning uy-joyga bo`lgan ehtiyoji qondirildi. Bu haqda Turkiya prezidenti tvitterdagi sahifasida ma`lum qildi.

Davlat rahbarining bildirishicha, 65 mingta o`rnatilishda davom etayotgan konteynerlar sonini birinchi bosqichda 100 mingtaga, kerak bo`lganda esa 200 mingtaga etkaziladi.

O`rtacha shikastlangan 24 mingdan ortiq binodagi 133 mingdan ortiq xonadonning  fuqarolarini vaqtinchalik boshpana markazlari yoki xavfsiz joylarga o`tkazishni ta`minlangan.

Ma`lum qilinishicha, atrof-muhit va shaharsozlik vazirligi 7 328 nafar xodimi bilan olib borgan zararni aniqlash ishlarini yakunlash arafasida.

"Biz barcha turar-joy maydonlarini yangi shahar rejasi doirasida erning sifati va yoriq chizig`igacha bo`lgan masofani hisobga olgan holda o`z me`morchiligi, tarixiy va madaniy tuzilishiga muvofiq loyihalashtiramiz. Tiklanish jarayonini tuzilmalarimizning ilmiyligi, tezligi va mustahkamligi tamoyillari asosida olib boramiz.

Zararni aniqlash, vayronalarni olib tashlash va joylashuvni aniqlash jarayonlari tugallangandan so`ng, har bir viloyatda bu uylar soni ortadi", - deydi Turkiya rahbari.

Shuningdek,  373 156 nafar fuqaro zilzila zonasidan boshqa shaharlarga evakuasiya qilingan.

"Biz barcha shaharlarimizni uylari, ish joylari, sanoati, qishloq xo`jaligi, tarixiy va madaniy qadriyatlari bilan zarracha regressiyaga olib kelmasdan tiklaymiz.

Biz hech qachon fuqarolarimizni og`ir kunlarida va hayotlarini yangidan tiklashdagi urinishlarida yolg`iz qoldirmaymiz" , - deya va`da bermoqda Erdog`an jabrdiydalarga. 

    Boshqa yangiliklar