AQSh Ukrainani Evropaga nisbatan ko`proq qo`llab-quvvatlagan. Bu haqda Kil xalqaro iqtisodiyot institutining navbatdagi hisobotida so`z boradi, deb yozadi zamon.uz.
Nemis tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko`ra, yanvar o`rtasigacha Vashington Kiev uchun 73.1 milliard evro ajratgan bo`lsa, EI 54.9 milliard ajratgan. Shu bilan birga Evropa davlatlari o`z aholisi va iqtisodiyotiga Ukrainaga qaraganda 10 barobar ko`p mablag` sarflagan.
Bu masalada Germaniya etakchilik qilmoqda. Masalan, Berlin aholi va kompaniyalarga ajratgan subsidiyalarining 5 foiziga teng mablag`ni Kievga yordam sifatida bergan.
“Evropaliklarning qat`iyatsizligi — fenomen. Moliyaviy resurslarni tezroq safarbar qilish mumkin”, – degan tahlil guruhi rahbari Kristof Trebesh.
Shu bilan birga Ukraina shu paytga qadar va`da qilingan og`ir qurollarning kamida chorak qismini olmagani qayd etilgan.






