13 apreldan boshlab O`zbekiston va Yaponiya o`rtasida muntazam aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati.
Kunchiqar mamlakatga to`g`ridan-to`g`ri parvozlar har hafta payshanba kunlari amalga oshiriladi. Toshkent — Tokio yo`nalishidagi aviachiptalar narxi 8 475 676 so`mdan, Toshkent — Tokio — Toshkent yo`nalishida esa 14 965 587 so`mdan boshlanadi.
Aviachiptalarning taqdim etilgan narxlari 20 fevral holatiga ko`ra amal qiladi. Ularni aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali 3 foiz chegirma bilan, shuningdek, UzAirways mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.






