AsosiyJamiyat

Ushbu haftada 7 ta viloyatda qor ko`chish xavfi e`lon qilindi

'Ushbu haftada 7 ta viloyatda qor ko`chish xavfi e`lon qilindi'ning rasmi

O`zgidromet xizmati agentligining ma`lum qilishicha, 24−26 fevral kunlari A-373 Toshkent-O`sh avtoyo`lining Qamchiq dovonidan o`tgan qismida qor yog`ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog`ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko`rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo`lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

21−28 fevral kunlari kutilayotgan yog`ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o`zgarishlari sababli respublikaning tog`li hududlarida, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo`stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog`larida;
  • Namangan viloyati: Pop tumanida;
  • Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona tumanlarida qor ko`chish xavfi elon qilinadi.

Tog`li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlari so`raldi.

    Boshqa yangiliklar