AsosiyJamiyat

Jizzax va Qo`qonda tabiiy gaz va elektrga noqonuniy ulanish holatlari fosh bo`ldi

'Jizzax va Qo`qonda tabiiy gaz va elektrga noqonuniy ulanish holatlari fosh bo`ldi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan elektr energiyasi va gaz ta`minoti xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv va tezkor tadbirlarda, tabiiy resurs tarmoqlariga o`zboshimchalik bilan ulanish holatlari fosh etilmoqda. 

Xususan, Departamentning Qo`qon shahar bo`limi tomonidan IIB va “Qo`qonshahargaz” bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda  o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar X.A. va I.X. “Quduqlik” MFYdagi ohak ishlab chiqarish sexida 2 dona xumdon va 54 dona qo`lbola gaz yondirgichlarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab olib, 672,7 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Sharof Rashidov tuman bo`limi tomonidan tuman ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.B.” MChJ rahbari A.U. va boshqalar korxonaga qarashli qurilish ob`ektlarini tuman ETK bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, 330,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 821,4 mln so`m zarar etkazilgan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar