AsosiyJamiyat

Qozog`istonda O`zbekiston fuqarosi qurol do`koniga hujum qildi (video)

'Qozog`istonda O`zbekiston fuqarosi qurol do`koniga hujum qildi (video)'ning rasmi

Qozog`istonning Chimkent viloyatida O`zbekiston fuqarosi qurol do`koniga hujum qildi. Bu haqda Qozog`iston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 20 fevral kuni soat 14:40 lar atrofida Chimkentdagi qurol do`konlarining biriga O`zbekiston fuqarosi bostirib kirib, otishma uyushtirgan. Natijada voqea joyiga zudlik bilan etib borgan xavfsizlik kuchlari hamda o`zbekistonlik erkak o`rtasida otishma sodir bo`lgan. Oqibatda polisiyachilardan biri jarohatlangan. O`zbekiston fuqarosi esa qo`lga olingan.

Aniqlanishicha, O`zbekiston fuqarosi Chimkentda ijaraga olingan uyda yashayotgan bo`lgan. Tekshiruvlar davomida uning yonidan ov miltig`i topilgan. Hozirda voqea joyida tergov-tezkor guruhi ish olib bormoqda. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilishi ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar