AsosiyJamiyat

Toshkentda noma`lum erkak bolani maktabdan sudrab olib ketmoqchi bo`ldi (video)

'Toshkentda noma`lum erkak bolani maktabdan sudrab olib ketmoqchi bo`ldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi yosh bolani qo`lidan ushlab tortganligi va bola undan qochib ketganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB axborot xizmati bayonot berdi.

Ma`lum qilinishicha, videodagi holat joriy yilning 19 fevral kuni taxminan soat 12.35 larda Yashnobod tumani Aviasozlar-2 dahasidagi 151-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida sodir bo`lgan. Noma`lum shaxs shu maktab o`quvchisi 2011 yilda tug`ilgan M.O.ni to`xtatib, qo`lidan ushlab: “Shu maktabda tahsil olasanmi?” - deb so`ragan. Voyaga etmagan M.O. ushbu shaxsni tanimaganligi sababli u bilan gaplashmasligini bildirib, qo`yib yuborishini aytgan, so`ng uyiga ketgan.

Bola hozirda ota-onasining yonida sog`-salomat holatda.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.

O`rganishlar jarayonida videoda aks etgan shaxs 1994 yilda tug`ilgan M.U. ekanligi aniqlangan. Tekshiruv yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar