Kanadalik rejissyor Deniel Roerning “Navalniy” hujjatli filmi Britaniya kino va televidenie san`ati akademiyasining (BAFTA) mukofotiga sazovor bo`ldi.
“Eng yaxshi hujjatli film” nominasiyasida “Navalniy” g`olib bo`ldi. G`oliblarni e`lon qilish marosimi 19 fevral oqshomida bo`lib o`tdi.
Navalniyning jahon premerasi 2022 yil yanvar oyida "Sandens" kinofestivalida bo`lib o`tdi, u erda film tomoshabinlar mukofotiga sazovor bo`ldi. Film HBO Max va CNN Films kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Film siyosatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishi bilan bog`liq voqealar, uning davolanishi va Rossiyaga qaytishi haqida hikoya qiladi.
Film Rossiyada namoyish etilmagan. Rossiyada HBO filmlari va seriallarini tarqatuvchi Amediateka kompaniyasi filmni sotib olish bo`yicha muzokaralar olib borish niyatida emasligini aytgan.
"Navalniy" filmi "Eng yaxshi hujjatli film" nominasiyasida "Oskar"ga da`vogarlar ro`yxatidan joy oldi.






