O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining taklifiga binoan 20 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida oliy darajadagi muzokaralar bo`lib o`tadi.
Tomonlar ustuvor sohalardagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Yakunda qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan.
Davlatimiz rahbari Misrning etakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o`tkazadi.
Mamlakatning eng qadimgi o`tmishdan bugungi kungacha bo`lgan davr tarixiga oid yodgorlik va buyumlarning boy to`plamiga ega Misr sivilizasiyasi milliy muzeyi bilan tanishish ko`zda tutilgan.






