O`zbekistonning ayrim hududlarida ertaga, 21 fevral kuni 22 darajagacha iliq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja, kunduzi 17-19 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo`ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 15-20 iliq daraja bo`ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 15-20 iliq daraja bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 17-22 iliq daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 11-16 iliq daraja bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.






