AsosiyJamiyat

Turkmaniston yuborgan bepul suyultirilgan gaz O`zbekistonga etib keldi

'Turkmaniston yuborgan bepul suyultirilgan gaz O`zbekistonga etib keldi'ning rasmi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov farmoni bilan yordam sifatida yuborilgan bepul suyultirilgan gaz ortilgan vagonlar 19 fevral kuni O`zbekistonga etib keldi. Bu haqda "Hududgazta`minot" matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat o`rtasidagi yaxshi qo`shnichilik, do`stlik va qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, O`zbekistonni do`stona va birodarlik bilan qo`llab-quvvatlash maqsadida yuborilgan gaz Qoraqalpog`iston aholisiga tarqatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar