AsosiyDunyo

Hujumni davom ettirish uchun Rossiyada etarlicha zaxira yo`qligi aytilmoqda

'Hujumni davom ettirish uchun Rossiyada etarlicha zaxira yo`qligi aytilmoqda'ning rasmi

Rossiyada Lugansk viloyatida boshlangan hujumni rivojlantirish va sezilarli muvaffaqiyatlarga erishish uchun etarli zaxiralar yo`q. Bu haqda Amerika urushni o`rganish instituti (ISW) ekspertlari ma`lum qildi, deya xabar bermoqda zamon.uz.

G`arbiy harbiy okrug bo`linmalari tarkibini o`rgangan tahlilchilar ularning ayrimlarida tank qismlari yo`qligiga e`tibor qaratgan. Bu Rossiyada yo`qotilgan bronetexnika o`rnini to`ldirishda qiyinchiliklar borligini ko`rsatadi.

“Rossiya kuchlarida katta ehtimol bilan zaxirada bir qancha qayta tiklangan mexanizasiya qismlari bor, ammo ushbu cheklangan rezervlarni Luganskdagi frontga yuborish hujum tempini o`zgartira olmaydi”, – deyiladi hisobotda.

Ekspertlarning fikricha, bu rezervlarni jangga kiritish cheklangan o`zgarishlarga olib keladi, ammo belgilangan strategik maqsadlarga erishish uchun etarli emas.

ISW taxminiga ko`ra, RF Ukraina mojarosi davomida 16 ta tank polkini yo`qotgan. Hozirda zirhli texnikani ta`mirlash va yangilarini ishlab chiqarishga quvvatlar etishmayapti. Bu o`z navbatida Rossiya quruqlik qo`shinlarini zarbdor kuchlardan mahrum etmoqda.

    Boshqa yangiliklar