Turkiya janubida yuz bergan zilzilalar oqibatida halok bo`lganlar soni 41 020 kishiga etdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD)ga tayanib Anadolu xabar berdi.
Idora ma`lumotlariga ko`ra, 6 fevral tongida yuz bergan 7,7 balli zilzilalardan keyin 6210 ta aftershok qayd etilgan.
Hozirda zilziladan jabr ko`rgan hududlarda 19,4 mingdan ortiq Turkiya hamda xorijlik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
Tabiiy ofatdan zarar ko`rgan joylarda Turkiyadagi tegishli vazirlik hamda idoralar, shuningdek, boshqa xorij davlatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 216 166 ta chodir tiklangan.






