2023 yil 17 fevral kuni Oqqo`rg`on tumani IIBga Oxunboboev ko`chasidagi xonadonlarning birida yashovchi 3 nafar fuqaro vafot etganligi, 4 nafari esa “noma`lum etiologik zaharlanish” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ko`rsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonaga kelib tushgan bemorlarning 1 nafari vafot etgan.
Marhumlarning o`limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Oqqo`rg`on tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazio`tkazilmoqda






