Qahramanmarash viloyatining Go`ksun tumanida mahalliy vaqt bilan soat 22:31 da 5,1 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda "Anadolu" xabar qildi.
Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) saytida e`lon qilingan ma`lumotlarga ko`ra, Gyoksun viloyatida soat 22.31 da 5,1 magnitudali zilzila qayd etilgan.
Zilzila 12,18 kilometr chuqurlikda sodir bo`lgan.
Eslatib o`tamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning 10 ta hududida sodir bo`lgan zilzila qurbonlari soni ayni paytga qadar 40 642 nafarga etdi.
19.02.2023 08:47
Turkiyaning Qahramanmarashida 5,1 magnitudali zilzila sodir bo`ldi






