17 fevral kuni Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanining Birlik mahallasida yashovchi oilada ommaviy ravishda ovqatdan zaharlanish holati sodir bo`ldi.
Ma`lum qilinishicha, bir oilaning 3 nafar a`zosi voqea joyida, yana bir a`zosi esa shifoxonada vafot etgan.
Voqea joyini ko`zdan kechirish davomida ekspertiza tekshiruvi uchun qovurilgan baliq va moshkichiri ovqati qoldiqlari, pomidor va bodringdan tayyorlangan tuzlama, kompot hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, fuqarolar o`limiga noma`lum etiologiyali ovqatdan zaharlanish sabab bo`lgan.






