AsosiyJamiyat

ATTO mobil ilovasida endi avtobuslarning harakatini real vaqt rejimida kuzatish mumkin

'ATTO mobil ilovasida endi avtobuslarning harakatini real vaqt rejimida kuzatish mumkin'ning rasmi

Shahar jamoat transporti xizmatlaridan foydalanuvchi yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ATTO mobil ilovasida yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda
Endilikda ushbu mobil ilova foydalanuvchilari shahar jamoat transporti avtobuslarning harakatini real vaqt rejimida kusta oladi.
Yo`lovchilar o`zlariga eng yaqin bo`lgan oraliq bekatlari to`g`risidagi ma`lumotga ega bo`lgan holda manziliga etib olishi mumkin.  
"Mazkur mobil ilova imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida foydalanuvchilardan o`z takliflarini taqdim etishlarini so`rab qolamiz",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar