O`zbekistonda talabalarning yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatini beruvchi bepul elektron xizmat joriy etilishi mumkin. Bu haqda 2023 yilgi davlat dasturi loyihasida keltirilgan.
Qayd etilishicha, ushbu xizmat DXM va YaIDXP orqali ko`rsatiladi.
Bunda:
• yotoqxonalar hisobini yuritish reestrini ishlab chiqish;
• ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ustuvor ravishda joylashtirish;
• Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza berish va to`lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.
18.02.2023 16:56
Endi talabalar yotoqxonadan onlayn joy olishi mumkin






