Surxondaryoda to`rt tup o`suvchan katta yoshli Chinor kesib ketilgan. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligining Surxondaryo bo`limi axborot xizmati xabar bermoqda.
Unda aytilishicha, joriy yilning 21 yanvar kuni Qiziriq tumani “Bog`bonlar yurti” mahallasida istiqomat qiluvchi bir fuqarodan daraxtlar kesilayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan.
Holat o`rganilganda daraxt kesganlar o`simlik dunyosiga 216 mln so`m miqdorida zarar etkazgani ma`lum bo`lgan.
“Hozirda ushbu ish yuzasidan to`plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga o`tkazildi”, — deyiladi xabarda.






