Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanida «Gentra» haydovchisi odam urib yuborib qochib ketdi.
Viloyat IIBning ma`lum qilishicha, voqea 12 fevral kuni soat 20:30 larda «Yakkabog`-Chiroqchi-Sho`rbozor» avtomobil yo`lida sodir bo`lgan.
Aniqlanishicha, viloyatning Yakkabog` tumani «Cho`mich» mahallasi hududida fuqarolardan biri yo`l chetida odam yotganini ko`rib qolgan va IIB hamda tez yordamga qo`ng`iroq qilgan. Ammo jabrlanuvchi voqea joyida vafot etadi.
Shundan so`ng tezda hodisa aybdoriga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv davomida Yakkabog` tumanida yashovchi 27 yoshli yigit o`ziga tegishli bo`lgan «Gentra» avtomobilida jabrlanuvchini urib yuborgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






