AsosiyJamiyat

“Kompaniyaning neft va gaz operasiyalarini amalga oshirish huquqi faqat “M25” konining shartnoma hududlarida ko`rsatilgan” — Altmax Holding

'“Kompaniyaning neft va gaz operasiyalarini amalga oshirish huquqi faqat “M25” konining shartnoma hududlarida ko`rsatilgan” — Altmax Holding'ning rasmi

Rossiyaning Altmax Holding kompaniyasi O`zbekiston energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudovga maktub yo`lladi. Unda “Ozodlik”da e`lon qilingan materialga munosabat bildirilgan.

“Kompaniyaning auditorlik tekshiruvidan o`tgan moliyaviy hisobotida “O`zbekiston Mustaqilligi” investisiya blokiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimga (MTB) havola qilingan. Kompaniyaning O`zbekistondagi neft va gaz operasiyalarini amalga oshirish huquqlari ushbu MTBga nisbatan ko`rsatilgan.

MTBda qo`llaniladigan atamalar audit qilingan moliyaviy hisobotda katta harflar bilan aks ettiriladi. Hisobotda ko`rsatilgan “Neft va gaz operasiyalari” (katta harf bilan) atamasi, MTB qoidalariga muvofiq, investorning belgilangan ish hajmini (geologiya-qidiruv, konlarni o`zlashtirish,, tabiiy gaz va oltingugurtni qazib olish, qayta ishlash, tashish va h.k.)  bajarish bo`yicha faoliyati sifatida belgilanadi. Va bu faqat MTBda ko`rsatilgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konining shartnoma hududlari doirasida tashkil etiladi”, — deyiladi kompaniyaning  O`zbekiston energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudovga yo`llagan maktubida. 

Altmax Holding, shuningdek,  o`z maktubida “Ozodlik” radiosi jurnalistlarini vijdonsizlarcha iboralarni kontekstdan yulib olish va noto`g`ri talqin qilishda ayblagan. “Jurnalistlar maqolasida iboralarni kontekstdan yulib, tushunchalarni almashtirish bor, deb hisoblaymiz. Jurnalistlar asosiy harflarni olib tashlash va shu tariqa yuridik atamani umumiy fuqarolik tushunchasi bilan almashtirib qo`yish orqali kompaniyaning neft va gaz operasiyalari hududi bo`yicha o`z o`quvchilarini ataylab chalg`itdilar”, — deyiladi maktubda.

    Boshqa yangiliklar