AsosiyJamiyat

2023 yilda Buxoroda yillik elektr iste`moli 4,3 milliard kilovatt soatni tashkil etib, taqchillik 150 million kilovatt soat bo`lishi kutilmoqda

'2023 yilda Buxoroda yillik elektr iste`moli 4,3 milliard kilovatt soatni tashkil etib, taqchillik 150 million kilovatt soat bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Buxoro viloyatida sanoatni rivojlantirish va energiya ta`minotini yaxshilash masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi.

Yig`ilishda Buxoroda energiya ta`minotini yaxshilash masalasiga alohida e`tibor qaratildi.

Hisob-kitoblarga ko`ra, 2023 yilda Buxoroda yillik elektr iste`moli 4,3 milliard kilovatt soatni tashkil etib, taqchillik 150 million kilovatt soat bo`lishi kutilmoqda. Shu bois qo`shimcha quvvatlarni yaratish va samaradorlikni oshirish zarurligi ta`kidlandi.

Buxoroning iqlimi issiq. Bundan foydalanib, 740 ta korxonada 22 Megavattli, ijtimoiy ob`ektlar va ko`p qavatli uylar ustida 11 Megavattli quyosh panellari o`rnatish mumkinligi aytildi.

Elektr tarmoqlarini yangilash orqali 50 million kilovatt soat elektr yo`qotishlarini kamaytirish, 45 ta yirik sanoat korxonasida energiya sarfi yuqori bo`lgan uskunalarni almashtirish imkoniyati ko`rsatib o`tildi. Xususan, “Amu-Buxoro” nasos stansiyasida chastotali boshqarish vositalarini yangilash hisobiga bu yil 60 million, kelgusi yil 100 million kilovatt soat energiyani iqtisod qilish mumkin.

Yig`ilishda tumanlardagi yangi zaxiralarni ishga solib, sanoatni rivojlantirish kerakligi qayd etildi.

So`nggi besh yilda Buxoroda 31 trillion so`m investisiya jalb qilinib, 3 mingdan ziyod korxona ishga tushgan. Ishlab chiqarish 4,3 baravarga ko`paygan. Bu ko`rsatkich 2022 yilda 27 trillion so`m bo`lgan. Sanoat eksporti 200 million dollarga etgan.

Joriy yilda Buxoroda 880 million dollarlik 703 ta korxonani ishga tushirib, 15 mingta ish o`rni yaratish rejalashtirilgan. Bu loyihalarga 220 million dollar kredit va infratuzilmasiga 100 milliard so`m ajratilmoqda.

Prezident har bir tuman hokimiga qo`shimcha zaxira topib, yana kamida 50 million dollar investisiya olib kelib, yangi loyihalarni ko`paytirish bo`yicha topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar