Endi O`zbekistondagi barcha yoqilg`i quyish shoxobchalarida foydalaniladigan elektr energiyasi quyosh panellari orqali qoplanadi. Bu haqda 16 fevral kuni prezident tomonidan qabul qilingan qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko`ra, respublikadagi barcha yoqilg`i avtobenzin, suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shoxobchalariga quyosh panellari o`rnatiladi.
Shoxobchalardagi maishiy-texnik ehtiyojlar va hududni yoritish uchun elektr energiyasi ta`minotining kamida 50 foizi mazkur quyosh panellari orqali qoplanadi.
Qarorda 20 mingta ijtimoiy soha ob`ektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o`rnatish nazarda tutilgan.






