Toshkent shahar hokimining Mirzo Ulug`bek, Uchtepa, Yunusobod tumanlari hokimlariga hayfsan berildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining "Intizomiy jazo chorasini qo`llash to`g`risida"gi farmoyishi e`lon qilindi.
Hokimlarga ushbu jazo hududda qishga tayyorgarlik hamda uni betalafot o`tkazish bo`yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmaganligi, mahallalarga chiqib, aholi bilan muloqotlar va tushuntirish ishlarini olib bormaganligi uchun qo`llanilgan.
Farmoyishga ko`ra, Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani hokimi Irgashev Shavkatbek Turdievich, Uchtepa tumani hokimi Abdullaev Farxod Ravshanovich va Yunusobod tumani hokimi Abduvaliev Boxadir Abdulxaevichlar “hayfsan” bilan jazolangan.






