AsosiyJamiyat

Sudya 4 ming AQSh dollar pora olayotganda ushlandi

'Sudya 4 ming AQSh dollar pora olayotganda ushlandi'ning rasmi

16 fevral kuni jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudi sudyasi 4 ming dollarni pora tariqasida olayotganda qo`lga olingan. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar bermoqda.

Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati amaldagi sudyaga nisbatan shunday tadbir bo`lganini tasdiqladi, lekin hozircha ish tafsilotlari ochiqlanmadi.

Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov tez orada rasmiy ma`lumot berilishini bildirdi.

Sudyalar Oliy kengashi axborot xizmati xozircha bunday ma`lumotga ega emasligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar