Oq uy shifokori Kevin O’Konnor AQSh prezidenti Jo Baydenning sog`ligi haqida gapirdi.
“Prezident Bayden 80 yoshli sog`lom, baquvvat qariya bo`lib qolmoqda, u prezidentlik vazifalarini, jumladan, hukumatning ijro etuvchi hokimiyat rahbari, davlat rahbari va oliy qo`mondonlik vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga qodir”, - dedi O’Konnor.
Ta`kidlanishicha, tekshiruv vaqtida Baydendan ko`krak qafasidagi kichik o`simta olib tashlangan, u biopsiyaga yuborilgan.
Bundan tashqari, shifokorning ta`kidlashicha, Oq uy rahbarining "o`ta batafsil" nevrologik tekshiruvi insult, skleroz yoki Parkinson kasalligiga mos keladigan natijalarni aniqlamadi. Hisobotda, shuningdek, Baydenning "beqaror yurishi" borligi va unga maxsus ortopediyalar buyurilgani aytiladi.
Bundan tashqari, prezident tomog`ini tez-tez tozalash zarurati bilan tavsiflangan "gastroezofagial reflyuksning vaqti-vaqti bilan alomatlarini" boshdan kechiradi.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden har yili tibbiy ko`rikdan o`tish uchun Valter Rid nomidagi Milliy harbiy tibbiyot markaziga kelgani xabar qilingandi. Oxirgi marta Bayden 2021 yilning noyabrida ko`rikdan o`tgan, keyin shifokor ham u sog`lom va o`z vazifalarini bajarishda davom etishi mumkin degan xulosaga kelgan.






