Viloyatda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish tobora ommalashmoqda. Xususan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasida kichik quyosh elektr stansiyasi o`rnatildi. Ushbu qurilma binoni kunduz kuni elektr energiya bilan to`liq ta`minlaydi.
Mazkur quyosh elektr stansiyasining quvvati 30 kilovattga teng. Shuningdek, binoda 56 ta quyosh paneli hamda 2 ta 200 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari ham ishga tushirildi. Natijada 30—40 foiz energiya tejalishiga erishildi.






