AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik qutqaruvchilar shu kungacha Turkiya vayronalaridan jami 70 kishini qutqardi

'O`zbekistonlik qutqaruvchilar shu kungacha Turkiya vayronalaridan jami 70 kishini qutqardi'ning rasmi

O`zbekistondan Turkiyaning Hatay viloyatiga qidiruv-qutqaruv ishlariga jalb qilingan bo`linma jami 70 kishini vayronalar ostidan qutqardi. Ayni vaqtda qidiruv qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabariga ko`ra, bugun, 16 fevral kuni yana 4 nafar o`zbekistonlik Vatanga qaytarildi. Ulardan bir nafari Qahramonmarash universiteti talabasi.

Eslatib o`tamiz, kecha ham 4 oila, jami 12 nafar o`zbekistonlik oilalari bag`riga qaytarilgani aytilgan edi.

    Boshqa yangiliklar