AsosiyJamiyat

Ukrainada Rossiya tarafidan urushga kirgan ikki samarqandlik yigit jasadi O`zbekistonga olib kelindi

'Ukrainada Rossiya tarafidan urushga kirgan ikki samarqandlik yigit jasadi O`zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Ukrainadagi urushda “Vagner” safida jang qilgan o`zbekistonlik B.A. va Sh.J. Samarqandda dafn etildi. 19 yanvar kuni ularning jasadi Bulung`ur viloyatiga olib kelingan. Bu haqda Current Times xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ular shaxsi aniqlanishi mumkin bo`lgan, jasadlari “Ukrainadagi urushda halok bo`lgan” degan hujjat bilan vataniga jo`natilgan birinchi o`zbekistonliklardir.

Qamoqdan urushga

23 yoshli Sh.J. sobiq mehnat muhojiri bo`lib, Rossiya qamoqxonasida jazo muddatini o`tagan. Qarindoshlari uning urushga qanday borgani va qanday halok bo`lganini bilmasligini aytdi. Samarqand viloyati FHDY bo`limi tomonidan berilgan hujjatda Sh.J.ning o`limiga ko`p miqdorda qon yo`qotishi sabab bo`lgani keltiriladi. Qarindoshlari tobut bilan birga olgan o`lim haqidagi guvohnomada Sh.J. 2022 yilning 16 dekabrida Ukrainaning Donesk viloyatida vafot etgani yozilgan. Aynan o`sha erda front chizig`i o`tgan va shiddatli janglar kechmoqda.

Sh.Jning vafot etgani haqidagi guvohnoma
19 yanvar kuni Samarqand viloyati Bulung`ur tumani Qora Qamar qishlog`iga yana bir mahalliy fuqaro 26 yoshli B.A.ning jasadi bo`lgan tobut olib kelingan. U ham Ukrainada vafot etgan va mehnat muhojiri sifatida Rossiyada bo`lgan. Marhum sakkiz oy oldin qamalgan. 

U 2022 yil otasi bilan telefon orqali suhbatda pasportining muddati o`tgani uchun qamoqda ekanini aytgan, biroq boshqa tafsilotlarni keltirmagan. B.A.ning qarindoshlari u qanday qilib urushga yollanganini va o`limi tafsilotlarini bilmaydi. Ular faqat B.A. 15 dekabr kuni halok bo`lganidan xabardor.

Yigitning do`sti uning Rossiyadagi tanishlari bilan muloqot qilish imkoniga ega bo`lgan. U B.A. boshqa mahbuslar singari Ukrainadagi urushga “Vagner” tomonidan yollanganini aytgan. Uning so`zlariga ko`ra, xususiy harbiy kompaniya vakillari B.A.dan Ukrainada bor-yo`g`i bir oy jang qilsa, oqlanishini, shundan so`ng vataniga jo`nab ketishini va qo`shimcha ravishda uch ming dollar olishini va`da qilgan.

Marhum bu haqda do`stiga aytgan va undan oilasiga hech narsa demaslikka va`da olgan, onasining sog`lig`idan qo`rqishini bildirgan. B.A. oilada yolg`iz o`g`il bo`lgan. Bir necha yil oldin u Rossiyaga ishlash uchun ketgan va u erda turli xil qora ishlar bilan shug`ullangan.

Rossiyada muhojirlar huquqlarini himoya qilish bilan shug`ullanuvchi advokat Botir Shermuhammadning aytishicha, o`zbekistonlik mahbuslarning jasadlari Rossiyaning Rostov viloyatida to`planib, keyin O`zbekistonga jo`natiladi.

    Boshqa yangiliklar