AsosiyJamiyat

Qamchiq dovonida yuz bergan qor ko`chkisi bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi 

'Qamchiq dovonida yuz bergan qor ko`chkisi bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi 'ning rasmi

Qamchiq dovonida qor ko`chkisi sodir bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Xabarga ko`ra, ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida, ma`lum qilamizki voqea Toshkent–O`sh xalqaro avtomobil yo`lining 238-kilometrida, ya`ni Qamchiq dovoniga to`g`ri keladigan qismida sodir bo`lgan.

15 fevral kuni soat 22:40 da yo`nalishning yuqorida aytilgan qismida hajmi 1300 metr kub bo`lgan qor ko`chkisi sodir bo`ldi. Qor massasining bir qismi yo`lga tushgan. 

Qayd etilishicha, ushbu hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Voqea joyiga zudlik bilan etib kelgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari yo`lni qor massasidan tezda tozalashgan.

    Boshqa yangiliklar