Bemor mixlarni do`sti bilan garov bog`lash oqibatida yutib yuborgan.
Ufada bir kishi do`sti bilan garov bog`lab, sakkiz santimetrli mixlarni yutib yubordi. "Bemor zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi, uning hayotini saqlab qolishga erishildi", dedi Boshqirdiston sog`liqni saqlash vaziri Ayrat Raxmatullin.
Uzun mixlarlarni yutib yuborgandan so`ng, erkakning o`zi tez yordam chaqirgan va oshqozon og`rig`i, ko`ngil aynishi va og`izning qurib qolishidan shikoyat qilgan. Qorin bo`shlig`i organlarining rentgen tasvirlarini ko`rib chiqish paytida mutaxassislar begona jismlarni aniqlashdi.
Natijada shifokorlar zudlik bilan laparotomiya o`tkazishdi va bilan uzunligi sakkiz santimetr va diametri to`rt millimetr bo`lgan ikkita temir mixni qiyinchilik bilan chiqarib olishdi.
Bemorga uyiga allaqachon ruxsat berildi, u uyida davolanishni davom ettirmoqda.






