AsosiyDunyo

Tojikistonda qor ko`chkisi qurbonlari soni 15 kishiga etdi

'Tojikistonda qor ko`chkisi qurbonlari soni 15 kishiga etdi'ning rasmi

Tojikiston janubidagi Tog`li Badaxshon avtonom viloyatida sodir bo`lgan qor ko`chkisi qurbonlari soni 15 nafarga etdi.

Qor ko`chkisi bir necha hududda, jumladan, eng ko`p qurbon bergan Xorug` shahridagi Nosir Xisrav mahallasida yuz bergan.

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo`mitasi matbuot markazi rahbari Umeda Yusufiy ko`chkida qolib turli darajada tan jarohatlari olganlar soni 12 nafar ekanini ma`lum qilgan.

Uning so`zlariga ko`ra, ushbu tabiat hodisasida 4 ta uy to`liq, 35 ta uy va yana 5 ta maishiy ob`ekt esa qisman zarar ko`rgan.

Yusufiy halok bo`lganlarning oilalariga hamdardlik bildirib, aholidan qor ko`chkisi bo`lgan hududlarga chiqishdan tiyilishni, ogoh va ehtiyot bo`lishlarini so`ramoqda.

"Kecha kechqurun Vanj tumani Xaspo qishlog`ining ikki fuqarosi qor ko`chkisi ostida qolib halok bo`lgan Sadvad ismli fuqaroning janozasiga – Texarv mahallasiga ketayotganida qor ko`chkisi ostida qolgan. Ulardan birini olib chiqishga muvaffaq bo`lindi, ikkinchisini qidiryapmiz", – deydi Yusufiy.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Tojikistonda qor ko`chkisi oqibatida 10 kishi vafot etgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar