AsosiyJamiyat

Namangandagi sexda sodir bo`lgan baxtsiz hodisa sabab ikki kishi halok bo`ldi

'Namangandagi sexda sodir bo`lgan baxtsiz hodisa sabab ikki kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Kecha, 15 fevral kuni taxminan soat 20:13larda Namangan tumanida joylashgan cho`yan quyish sexidagi parogenerator (avtoklab)da par bosimi ortib ketishi tufayli yorilish sodir bo`ldi. 

"darakchi.uz" manbasiga ko`ra, yorilish oqibatida 2 nafar fuqarolar vafot etgan va 1 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqazilgan. 

Voqea joyiga tuman prokuraturasi, IIB, SSB va FVB hamda “Hududgazta`minoti” hodimlari chiqishgan. Yorilish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar