AsosiyJamiyat

“Qamchiq” dovoni vaqtincha yopildi

'“Qamchiq” dovoni vaqtincha yopildi'ning rasmi

Gidrometrologiya markazi qor ko`chkisi xavfi e`lon qildi. Shu sababli, 15 fevral  kuni soat 22:30 dan A-373 “M-39 a/y Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon-Andijon orqali-O`sh” avtomobil yo`lining "Qamchiq" dovonidan o`tgan qismining 228-253 km.lar oralig`ida 16 fevral kuni soat 01:30 dan qor ko`chkisi xavfi borligi sababli “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu  haqda YHXX Matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Dovon yo`li ochilishi bo`yicha qo`shimcha xabar beriladi" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar