Kecha, 14 fevral kuni Toshkent shahrida odam o`limi bilan bog`liq yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda shahar IIBB xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 16:00 larda Beltepa mahallasi haydovchi — 1968 yilda tug`ilgan U.S. Captiva rusumli avtomashinasida orqaga harakatlanayotib, 2021 yilda tug`ilgan M.U.ni urib yuborgan. YTH oqibatida bola olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






