Bishkekda 13 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo`lib o`tadi. Bu haqda Qirg`iziston Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Asein Isaev ma`lum qildi. Bu haqda Sputnik Qirg`iziston nashri xabar berdi.
Joriy yilda Qirg`iziston MDH organlariga raislik qilmoqda. Asein Isaevning so`zlariga ko`ra, Hamdo`stlikda to`rtta nizom organi mavjud bo`lib, ulardan eng muhimi Davlat rahbarlari kengashidir.
"Sammit 13 oktyabr kuni bo`lib o`tadi va u ma`qullandi. MDHga a`zo davlatlarning barcha rahbarlari Bishkekda yig`iladi. Prezidentimiz Sadir Japarov hamkasblarini qabul qiladi", — dedi Isaev.
Vazir o`rinbosarining ma`lum qilishicha, Japarov Qirg`iziston MDHga qanday raislik qilgani haqida ma`lumot beradi.
Bundan tashqari, 12 oktyabrda Tashqi ishlar vazirlari, 26 oktyabrda esa Hukumat rahbarlari kengashlarining majlisi bo`lib o`tadi, deya qo`shimcha qilgan diplomat.






