AsosiyDunyo

"Qamoqda chekkan azoblarimga qaramay, sobiq prezidentni boshchiligidagi barchani kechirdim"

'"Qamoqda chekkan azoblarimga qaramay, sobiq prezidentni boshchiligidagi barchani kechirdim"'ning rasmi

Qamoqda qancha yil azob chekkan bo`lsam ham, sobiq prezident Almazbek Atambaev boshchiligidagi barchani kechirdim. Bu haqda  Sadir Japarov Super TV yutub kanaliga bergan intervyusida aytgan.

14 fevral kuni Qirg`izistonning qamoqdagi sobiq prezidenti Almazbek Atambaev  davolanish zarurati tufayli qamoqdan ozod qilindi.

Japarov qamoqda bo`lganida ham ularni kechirganini aytdi.

“Mening qamoqqa olinishimning asosiy tashabbuskori Atambaev edi, men avvalroq bergan intervyumda uni kechirganimni aytgandim. Hammasi Qodir Tangrining irodasi bilan, biz rahmdil bo`lishimiz kerak”, — dedi Japarov.

Sadir Japarov o`z raqiblarini ta`qib qilmasligini va ulardan o`ch olmasligini ta`kidlagan.

“Bunday qarorlarni ko`p o`ylab qabul qilishimiz kerak. Bu taqdir, biz esa shunchaki ijrochilarmiz”, - degan Japarov.

Eslatib o`tamiz, 10 yanvar kuni muddatidan oldin prezidentlik saylovi va boshqaruv shakli bo`yicha referendum bo`lib o`tadi. Unda prezidentlikka 17 nafar nomzod bor, Sadir Japarov etakchi nomzodlardan biri.

    Boshqa yangiliklar