15 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:52 da Toshkent — Farg`ona yo`nalishi bo`yicha O`zbekistonning yangi tashkil etilgan "Centrum Air" aviakompaniyasi samolyoti Farg`ona xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi. Bu haqda "UZBEKISTAN AIRPORTS" kompaniyasi ma`lum qildi.
Bortida 86 yo`lovchi bo`lgan samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olingan.
Shuningdek, aviakompaniya Toshkent — Urganch — Toshkent yo`nalishi bo`yicha yo`lovchi reysi ham rejalashtirilmoqda. Ushbu yo`nalishda charter reyslar 2023 yil 17 fevraldan haftasiga ikki marta — juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
"Centrum Air" — O`zbekistonning "lowcoster" aviakompaniyasi bo`lib, u 2023 yil yanvar oyida yo`lovchi reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan. Bugungi kunda aviatashuvchi parkida ikkita Airbus A320 samolyoti mavjud. Yaqin kelajakda aviatashuvchi yana bir yo`lovchi borti — Boeing 737 ni sotib olishni rejalashtirmoqda.






