“Anadolu”ning xabar berishicha, O`zbekiston Turkiyaning zilziladan jabr ko`rgan hududlariga hozirgacha 170 tonna insonparvarlik yuki jo`natgan. Aksiya Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Yoshlar kelajagi” jamg`armasi, O`zbek-turk ishbilarmonlar uyushmasi, Tashqi iqtisodiy aloqa kengashi hamkorligida tashkil etilgan.
Ma`lum qilinishicha, 45 tonna dori-darmon va tibbiy buyum, 8 tonna oziq-ovqat, 90 tonna kiyim-kechak, poyabzal, ko`rpa-to`shak, gigiena vositalari, 130 generatordan iborat ashyolar, shuningdek 700 dona elektr isitgich va boshqa zarur buyumlar 6 ta yuk samolyoti va 7 ta yuk mashinasida Turkiyaning turli mintaqalariga etkazildi. Moliyaviy manba shaklida yordam yig`ish ham davom etmoqda.
15.02.2023 13:08
O`zbekiston Turkiyaga 170 tonna gumanitar yordam yubordi






