Bundan bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda mashinaning oynalaridan tanasini chiqarib olib harakatlangan videolar keng tarqalib, bir qancha muhokamalarga sabab bo`layotgan edi.
Aniqlik kiritilishicha, ushbu holat Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi tog` yo`lida sodir etilgan. Viloyati IIBB axborot xizmati bu bo`yicha rasmiy munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu holat "Neksiya-3" avtomobilini Toshkent shahrida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan ayol fuqaro boshqarayotgan vaqtida sodir etilgan.
Yo`lovchilarni hayotini xavf ostiga qo`ydirib, ularning tana qismini transport vositasidan chiqarishiga yo`l qo`yganligi uchun haydovchiga MjtKning 128-5-moddasiga ko`ra, ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Qolaversa, o`rganishlar davomida transport vositasini muddatidan o`tgan 5 ta qoidabuzarlik yuzasidan undirilmagan jarimalar borligi aniqlanib, avtomobil vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.
Hozirda xavfli harakatlarni amalga oshirib, qoidabuzarlik sodir etgan 2 fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.






