Bizning vaqt bilan soat 11:38 da Yangi Zelandiya poytaxti Velingtondan 80 km lar shimolda episentirida 6 magnituda kuchiga teng zilzila sodir bo`ldi.
Shuningdek, hozirda bir vaqtning o`zida Yangi Zelandiya ustidan "Gabriel" sikloni ham o`tmoqda.
Qayd etilishicha, Yangi Zelandiya uchun XXI asrdagi eng xavfli bo`ron kirib kelgan. "Gabriel" sikloni Yangi Zelandiyada favqulodda holat e`lon qilinishiga olib kelgan.
Umuman olganda, bu ofat Yangi Zelandiya tarixida uchinchi favqulodda e`lon qilinishi bilan bog`liq hodisadir.
Hozirda siklon tufayli, yaralangan va halok bo`lganlar to`g`risida ma`lumotlar mavjud emas. Ammo po`rtana mavjud infrastruktura, yo`llar, telekomunikasiya, aholi yashash xonadonlariga jiddiy zarar keltirmoqda. 2500 kishi xavfsiz hududlarga ko`chirilgan. 225 ming kishi elektr energiyasiz qolgan.
Ikki hafta oldin Yangi Zelandiyalardagi toshqindan so`ng mazkur po`rtana Yangi Zelandiya uchun iqtisodiy zarar ko`lamini oshishiga olib kelmoqda.






